Boş sahifaga qaytiş

13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Davurov Davron Normurodoviç

Davurov Davron Normurodoviç. Millati özbek, 1973-yil 22-yanvar kuni qovğa burji ostida tavallud topgan. U 1980-yilda V.A. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabiga zarbli çolğular yönalişi böyiça öqişga kirgan. Musiqa maktabida Davron Davurovning birinçi ustozi Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Şuhrat” medali sohibi Islom Töyçiyeviç Ğaniyev bölgan. Aynan şu yerda uning ilk musiqiy imkoniyatlari közga taşlandi.

Aslida Davron Davurov yoşligidan milliy musiqa çolğusi bölgan doirani çalar va taniqli muallif, hamda ijroçilarning qöşiqlarini örganib, maktab xor jamoasi va orkestrning yakkaxoni bölgan.

1988-yilda Respublika tanlovida zarbli çolğular yönalişi böyiça iştirok etib, laureat bölgan. 1989-yilda damli va zarbli çolğular orkestrining yakkaxoni bölib, hozirgi Çexiyada bölib ötgan “Ostrava-89” Xalqaro festivalida iştirok etib, Gran-Pri sovrindori bölgan. 1991-yilda Muxtor Aşrafiy nomidagi Toşkent davlat konservatoriyasiga öqişga kirib, 1996-yilda tamomlagan.

Davron Davurov özining ijodiy faoliyati davomida mutaxassisligi böyiça pedagogik faoliyatini ham yuritgan. Jumladan, u 2012-2013-yillar mobaynida V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa maktabida zarbli çolğular bölimi öqituvçisi, bölim boşliği, 2014-2020-yillar mobaynida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa maktabida zarbli çolğular bölimi öqituvçisi, bölim boşliği vazifasida faoliyat yuritgan.

Davron Davurov 2018-yil Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg şahridagi N.A.Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasining damli va zarbli çolğular kafedrasi öqituvçisi, professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat körsatgan artist A.Mixaylov sinfida zarbli çolğular mutaxassisligi böyiça malakasini oşirgan. Şu yili Rossiya federatsiyasi Moskva şahri Gnesinlar nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi öqituvçisi, dirijor, kompozitor, professor, Rossiya federatsiyasi xalq artisti V.Kruglov raisligida ötkazilgan “Серебряный Камертон” xalqaro tanlovi miqyosidagi mahorat darsida iştirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.

Davurov Davron Normurodoviç 2019-yil Moskva şahrida bölib ötgan “Калейдоскоп талантов” xalqaro tanlov-festivalida “Лучший преподаватель” nominatsiyasi diplomi bilan taqdirlangan. 2020-yildan “Sonyaşnik” xalqaro jamğarmasi boşçiligida Ukraina, Şveytsariya, Turkiya, Özbekiston davlatlari tomonidan taşkil etilgan “Soul” xalqaro tanlov-festivalining xay’at a’zosi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

2021-2024-yillar mobaynida “San’at ğunçalari” Respublika tanlovining zarbli çolğular yönalişi böyiça xay’at raisi.

Madaniyat vazirligining tavsiyasi va buyruği asosida Davurov Davron Normurodoviç 2021-yildan Toşkent şahar Yunusobod tumani Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori lavozimiga tayinlangan.

Davurov Davron Normurodoviç Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 2024-yil 24-apreldagi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 215-sonli buyruğiga asosan fidokorona hizmatlari uçun “Madaniyat va san’at fidokori” kökrak nişoni bilan munosib taqdirlandi.

Davurov Davron Normurodoviç “Scientific Academy” Ilm-ma’rifat markazining 2025-yil 10-noyabrdagi 82-sonli buyruğiga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) miqyosida taşkil etilgan “Ta’lim sohasidagi fidoyi xizmatlari uçun” xalqaro esdalik kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Maktab tarixi

1975-yilda Toşkent şahri Yunusobod tumani dehqon bozori ortida Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi taşkil topgan.

Maktabda dastlab fortepiano, torli çolğular (skripka), damli çolğular, xalq çolğulari kabi yönalişlar mavjud bölgan.

Bolalar musiqa maktabiga turli yillarda quyidagilar rahbarlik qilgan:

1975-1979-yillar - Baxşiş Eskander Ilyasoviç;

1979-1982-yillar - Yuldaşev Rustam Latipoviç;

1982-1986-yillar - Brednev Feliks Immaniloviç;

1986-1995-yillar - Abduraxmanov Yusuf Yakuboviç;

1995-1997-yillar - Yunusova Dono Kasimovna;

1997-1999-yillar - Alimov Emil Vladlenoviç;

1999-2006-yillar - Niyazmetova Feruza Tulkunovna;

2006-2016-yillar - Taşmatova Umida Abdullayevna;

2017-2021-yillar - Sattarova Umida Xusnutdinovna;

2021-yildan hozirgi vaqtgaça - Davurov Davron Normurodoviç.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça 2009-2014-yillarga möljallangan davlat dasturi töğrisida”gi PQ-910-sonli qaroriga muvofiq, 2011-yilda maktabning binosi töliq qayta ta’mirlanib, konsert zali yangidan qurilib foydalanişga topşirildi. Moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, zamonaviy musiqa çolğulari, mebel va uskunalar bilan ta’minlandi.

Hozirgi kunda maktabda fortepiano, torli çolğular, özbek xalq çolğulari, xalq çolğulari, an’anaviy çolğu ijroçiligi, damli va zarbli çolğular, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, tasviriy san’at, teatr san’ati va xoreografiya yönalişlari böyiça ta’lim beriladi.

Bolalar musiqa va san’at maktabining butun faoliyati davomida maktab öquvçilari nafaqat şahar, tuman, Respublika, balki, xalqaro miqyosidagi turli tadbirlar va tanlovlarda iştirok etib keladi. Ayniqsa fortepiano bölimi öqituvçilari R.Urmanova, T.Sarkisova, N.Koloskova, D.Talipova, Z.Mallaboyeva, damli va zarbli çolğular bölimi öqituvçisi B.Abdujabborov öquvçilari şahar, respublika hamda xalqaro miqyosidagi köplab tadbirlarning faol iştirokçilaridir.

Maktabning ba’zi bitiruvçilari hozirgi kunda musiqa va san’at soxasidagi öz faoliyatlarini respublikadan taşqarida - Rossiya va Yevropa davlatlarida ham olib borişmoqda. Bundan taşqari maktabning köplab sobiq bitiruvçilari oliy öquv yurtlarini tugatib, bugungi kunda özimizning maktabimizda öquvçilarga san’at sirlaridan saboq berib kelişmoqda.

Sönggi vaqtlarda onlayn tanlovlar, şu jumladan, xalqaro miqyosidagi tanlovlar juda ommalaşib bormoqda. Maktabimiz öquvçilari uşbu tanlovlarda ham öz qobiliyatlarini sinovdan ötkazişib, yuqori örinlarni qölga kiritmoqdalar.

Kelgusidagi ustuvor vazifalarimiz, maktabdagi mavjud barça yönalişlar faoliyatini yanada rivojlantiriş va yangi innovatsion sifatli ta’lim berişdir.