Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Yunusobod tumani Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Uluğ bobokalonlarimiz Alişer Navoiyning 585-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543-yilligi tavallud kunlariga bağişlangan madaniy-ma’rifiy konsert dasturi bölib ötdi.
Tadbir davomida öquvçilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan namunalar, ğazal va ruboiylar ifodali tarzda öqildi. Şuningdek, mumtoz kuy-qöşiqlar, sahna körinişlari va musiqiy çiqişlar namoyiş etildi. Iştirokçilar buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, ularning adabiyot va davlat boşqaruvidagi ulkan xizmatlari haqida ma’lumotlar berdilar.
Konsert dasturi öquvçilarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va ma’naviy boylikka intiliş tuyğularini yanada mustahkamladi. Tadbir yuqori saviyada taşkil etilib, yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bölim boşliği: Zulfiya Abdurazzoqova.Öqituvçilar: Xurşida Raximova, Şohsanam Yakubova, Risolat Abdusalomova.