Maktab yangiliklari

“Har kuning Navröz bölsin, Yangi Özbekistonim!” konsert dasturi bölib ötdi

Uşbu kunlarda yurtimizda keng nişonlanayotgan Navröz asrlar qa’ridan bizgaça yetib kelgan umumxalq bayramlardan biridir. Bu bayramda insonlar tabiatning kosmik jarayoniga öz munosabatini bildiradi. Atrof-muhit bilan hamohanglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va rahmdil böliş, bağrikenglik, döstlik va hamjihatlik uşbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasini özida mujassam etganini alohida ta’kidlaş lozim.

Joriy yilning 18-mart kuni maktabimizda Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan konsert tadbiri bölib ötdi. Konsertda maktab öqituvçilari va öquvçilari öz çiqişlari bilan tadbir iştirokçilarini xuşnud etdilar.

Konsertda Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist Huriyat Isroilova mehmon böldi, hamda, öqituvçi va öquvçilarni, mehmon tomoşabinlarni Navröz bayrami bilan muborakbod etdi. Xonanda diltortar mumtoz qöşiqlar ijro etib, bayramona kayfiyat bilan barçani xuşnud etdi.

Badiiy rahbar: Kamola Saidova.