Maktab yangiliklari

Maktabda sohibqiron Amir Temur tavallud kuni nişonlandi

Joriy yilning 9-aprel kuni maktabda sohibqiron Amir Temur tavallud kunining 690-yilligiga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy konsert dasturi musiqa maktabida yuqori saviyada ötkazildi. Tadbirda öqituvçilar, öquvçilar hamda mehmonlar iştirok etdilar. Konsert dasturi davomida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bağişlangan şe’rlar, sahna körinişlari hamda musiqiy çiqişlar namoyiş etildi. Öquvçilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qöşiqlar ijro etilib, buyuk ajdodimizga bölgan hurmat va ehtirom ifoda etildi.

Amir Temur — yirik davlat arbobi, mohir sarkarda va adolatli hukmdor sifatida tarixda muhim örin egallagan. U ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik işlariga katta e’tibor qaratgan. Uning “Kuç — adolatda” degan şiori bugungi kunda ham yoşlarni vatanparvarlik, jasorat va halollik ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega.

Bolalar tarbiyasida Amir Temur siymosi ibrat maktabi bölib xizmat qiladi. Uning qat’iyati, maqsadga intilişi, ilmga hurmati hamda yurtga sadoqati yoş avlodni intizomli, mas’uliyatli va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaşga undaydi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar öquvçilarning tarixiy xotirasini boyitiş, milliy qadriyatlarga hurmatini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Tadbir yakunida iştirokçilar tomonidan esdalik suratlari olindi va konsert kötarinki ruhda yakunlandi.

Badiiy rahbar va kasaba uyuşmasi raisi: Zulfiya Abdurazzoqova.

Direktor örinbosari: Dilbar Maxmudova.

Bölim boşliği: Xurşida Raximova.