Maktab yangiliklari

“Eng yaxşi fotosurat” tanlovi bölib ötdi!

Toşkent şahar Yunusobod tumani 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida oilalarda tinçlik va xotirjamlik muhitini, şuningdek, bayramona kayfiyatni keng tarğib etişga qaratilgan “Eng yaxşi fotosurat” tanlovi professional fotosuratçilar iştirokida yuqori saviyada taşkil etildi.

Tanlovda 15 nafar ijodkor özining eng sara fotoasarlarini taqdim etib, “Oila tinçligi – qalb xotirjamligi”, “Bayram kayfiyati oilamizda” hamda “Avlodlar uçraşuvi” yönalişlarida öz mahoratini namoyon etdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib deb topilgan iştirokçilar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida oilaviy qadriyatlar, mehr-oqibat, tinçlik va hamjihatlik ğoyalari aks etgan ijodiy işlar namoyiş etildi. Tanlov iştirokçilari va mehmonlar uçun unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Ğoliblarni muborakbod etamiz va barça iştirokçilarga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!