Maktab yangiliklari

Bitiruv imtihonlari bölib ötdi

Joriy yilning 19-may kuni Toşkent şahar Yunusobod tumani 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 2025-2026-öquv yili bitiruvçi sinf öquvçilari uçun musiqa nazariyasi va musiqa adabiyoti fanlaridan yakuniy imtihonlar bölib ötdi. Imtihon jarayonida öquvçilarning yillar davomida egallagan nazariy bilimlari, musiqa savodxonligi hamda kompozitorlar ijodi va musiqa tarixiga oid bilimlari sinovdan ötkazildi.

Musiqa nazariyasi fanidan öquvçilar nota yozuvi, tonalliklar, intervallar, akkordlar, ritm va musiqiy tahlil böyiça öz bilim hamda könikmalarini namoyiş etdilar. Şuningdek, turli amaliy topşiriqlar orqali ularning musiqani tuşuniş va tahlil qiliş mahorati baholandi.

Musiqa adabiyoti fanidan esa öquvçilar özbek va jahon kompozitorlari hayoti hamda ijodi, maşhur musiqa asarlari, turli davr va yönalişlarga oid bilimlari asosida savollarga javob berdilar. Imtihon davomida öquvçilarning musiqiy tafakkuri, tinglaş madaniyati va san’atga bölgan qiziqişi yaqqol namoyon böldi.

Pedagoglar tomonidan bitiruvçilarning tayyorgarligi ijobiy baholanib, ularning kelgusida ham san’at va musiqa yönalişida katta yutuqlarga erişişlariga işonç bildirildi. Yakuniy imtihonlar öquvçilarning köp yillik mehnati va ustozlarining samarali faoliyati natijasini yana bir bor namoyon etdi.

Bölim boşliği: Kamola Saidova.