Maktab yangiliklari

Yangi öquv yili uçun repertuar tanlaş işlari davom etmoqda

Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Doni Zokirov nomidagi 13-son bolalar musiqa va san’at maktabida yangi 2026–2027 öquv yiliga tayyorgarlik işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.

Jumladan, maktabning fortepiano bölimi oliy toifali öqituvçisi Tatyana Yuryevna Sarkisova tomonidan öquvçilarning yozgi ta’til davridan unumli foydalanişlari hamda yangi öquv yiliga puxta tayyorgarlik körişlarini ta’minlaş maqsadida metodik va ijodiy işlar olib borilmoqda.

Ustoz har bir öquvçining yoşi, individual qobiliyati, texnik tayyorgarligi va ijroçilik darajasini inobatga olgan holda yangi öquv yilining maxsus fortepiano sinfi dasturini şakllantirmoqda. Dastur doirasida öquvçilarning musiqiy dunyoqaraşini kengaytiriş, texnik mahoratini oşiriş hamda badiiy tafakkurini rivojlantirişga xizmat qiladigan asarlar saralab olinmoqda.

Asarlarni tanlaş jarayonida özbek va jahon fortepiano adabiyotining eng sara namunalariga alohida e’tibor qaratilib, har bir öquvçining ijodiy salohiyatini namoyon etiş imkonini beruvçi repertuar ustida iş olib borilmoqda. Bu esa öquvçilarning yozgi ta’til davomida mustaqil maşğulotlar olib borişlari, yangi asarlar bilan tanişişlari va kelgusi öquv yilini yuqori natijalar bilan boşlaşlariga xizmat qiladi.

Maktabda olib borilayotgan bunday tizimli tayyorgarlik işlari ta’lim sifatini yanada oşiriş, yoş musiqaçilarning ijroçilik mahoratini rivojlantiriş hamda ularni turli tanlov va konsertlarga munosib tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi öquv yiliga qaratilgan uşbu sa’y-harakatlar pedagoglarning öz kasbiga bölgan mas’uliyati va fidoyiligini namoyon etib, öquvçilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uçun mustahkam zamin yaratmoqda.