Joriy yilning 23-may kuni Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Yunusobod tumani Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida öquv yilining eng muhim va unutilmas tadbirlaridan biri — yakuniy hisobot konserti yuqori saviyada bölib ötdi. Uşbu konsert davomida maktabning turli yönalişlarda tahsil olayotgan iqtidorli öquvçilari yil davomida egallagan bilim va mahoratlarini namoyiş etdilar.
Tadbirda maktabda faoliyat körsatayotgan barça bölimlar öquvçilari faol iştirok etişdi.
Konsert dasturi rang-barang kuy-qöşiqlar, jozibador sahna çiqişlari va milliy hamda zamonaviy musiqiy asarlar bilan boyitildi. Har bir çiqiş tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olinib, öquvçilarning san’atga bölgan qiziqişi va mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Ayniqsa, jamoaviy çiqişlar, duet va ansambl ijrolari tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi.
Yakuniy hisobot konserti nafaqat öquvçilarning bir yillik ijodiy faoliyatini sarhisob qiliş, balki yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş, ularni san’atga yanada mehr uyğotiş hamda ota-onalar va ustozlarga öz minnatdorligini bildirişga xizmat qilgan mazmunli bayram tadbiri böldi.