Joriy yilning 23-may kuni Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Yunusobod tumani Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida öquvçilarning ijroçilik mahoratini baholaş hamda musiqiy bilim va könikmalarini mustahkamlaş maqsadida akkompaniment sinovlari taşkil etildi.
Mazkur sinovlarda öquvçilar fortepiano jörligida turli musiqiy asarlarni ijro etiş, ansamblda işlaş, ritm va tempni töğri his etiş hamda ijro jarayonida hamkorlik madaniyatini namoyon etiş böyiça öz mahoratlarini körsatdilar. Sinovlar davomida öquvçilarning musiqiy eşitiş qobiliyati, asarni badiiy talqin etişi, sahna madaniyati va ijro texnikasiga alohida e’tibor qaratildi.
Akkompaniment san’ati musiqiy ta’limning muhim yönalişlaridan biri bölib, u ijroçidan nafaqat texnik tayyorgarlik, balki yuksak musiqiy tafakkur, diqqat va hamkorlik könikmalarini ham talab etadi. Şu bois sinovlar öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştiriş, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida pedagoglar tomonidan öquvçilarning çiqişlari tahlil qilinib, ularning yutuqlari e’tirof etildi hamda kelgusidagi faoliyatlari uçun tegişli tavsiya va maslahatlar berildi.
Akkompaniment sinovlari öquvçilarning ijroçilik tajribasini boyitiş, musiqiy mahoratini oşiriş hamda kelgusidagi konsert va tanlovlarga puxta tayyorgarlik körişlari uçun muhim amaliy bosqiç böldi. Tadbir iştirokçilarda katta taassurot qoldirib, ularni yangi ijodiy marralar sari ruhlantirdi.