Joriy yilning 3-sentyabr kuni Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Yunusobod tumani Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan bayram konsert dasturi bölib ötdi.
Bayramona tadbirning badiiy qismida maktabning iqtidorli öquvçilari tomonidan Vatan, mustaqillik, tinçlik va ona yurtga muhabbatni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar ijro etildi. Yoş san’atkorlarning çiqişlari yiğilganlarga kötarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulaşdi.
Uşbu konsert dasturi yangi öquv yilining kötarinki ruhda boşlanişiga xizmat qilib, öquvçilarni yangi marralar va ijodiy yutuqlar sari ruhlantirdi.
Badiiy rahbar: Risolat Abdusalomova.