Maktab yangiliklari

Fortepiano darslarida ritm ustida işlaş

Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Yunusobod tumani Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Maxsus fortepiano ijroçiligi” bölimi öqituvçisi Ulyanova Tatyana Lvovna tomonidan “Fortepiano darslarida ritm ustida işlaş” mavzusida oçiq dars ötkazildi.

Oçiq darsdan közlangan asosiy maqsad öquvçilarning ritmni his qiliş va töğri ijro etiş könikmalarini rivojlantiriş, musiqiy asarlarni ijro etiş jarayonida ritmik aniqlik va barqarorlikni ta’minlaş hamda öquvçilarning musiqiy eşitiş qobiliyatini yanada takomillaştirişdan iborat böldi.

Dars davomida ritm tuşunçasi, uning musiqiy asardagi örni va ijrodagi ahamiyati haqida batafsil fikr yuritildi. Öquvçilar turli ritmik maşqlar orqali nota davomiyliklarini töğri his qiliş, metroritmik tuzilmani anglaş va uni fortepiano ijrosida aniq ifodalaş böyiça amaliy topşiriqlarni bajardilar.

Şuningdek, öqituvçi tomonidan öquvçilarning yoş va individual xususiyatlari inobatga olinib, ritm ustida işlaşning samarali usullari namoyiş etildi. Amaliy maşğulotlar davomida öquvçilar berilgan topşiriqlarni mustaqil bajarib, özlarining ijroçilik mahoratlarini namoyon etdilar.

Oçiq dars jarayonida nazariy bilimlarni amaliy ijro bilan uyğunlaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa öquvçilarning musiqiy tafakkurini rivojlantiriş, asar mazmunini çuqurroq anglaş va ijroda ritmik aniqlikka erişişiga xizmat qildi.

Mazkur oçiq dars öqituvçilarning ilğor pedagogik tajribalarini ommalaştiriş, dars jarayonida samarali metod va usullardan foydalaniş hamda öquvçilarning ijroçilik könikmalarini rivojlantiriş borasida muhim ahamiyat kasb etdi.