13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining barça bölimlarida öquvçilarning ijroçilik mahorati, texnik tayyorgarligi hamda egallagan bilim va könikmalarini baholaş maqsadida texnik imtihonlar taşkil etildi.
Imtihonlar davomida öquvçilarning öz yönalişlariga xos ijro texnikasi, maşqlarni töğri va aniq bajarişi, musiqiy asarlarni ijro etişdagi mahorati hamda ustozlar tomonidan berilgan topşiriqlarni qay darajada özlaştirgani sinovdan ötkazildi.
Texnik imtihonlar çolğu ijroçiligi yönalişlari bilan bir qatorda, vokal sinflarida ham alohida ahamiyatga ega. Vokal yönalişida öquvçilarning nafas oliş texnikasi, ovozni töğri yönaltiriş, tovuş hosil qiliş, diksiya, intonatsiya va ovoz diapazonidan töğri foydalaniş könikmalari baholanadi. Zero, xonandalik san’atida ham mukammal ijro, avvalo, puxta texnik tayyorgarlikka asoslanadi.
Bunday imtihonlar öquvçilarning mavjud yutuqlarini aniqlaş, ijro jarayonida uçrayotgan kamçiliklarni bartaraf etiş va keyingi ta’lim bosqiçlari uçun zarur bölgan könikmalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Texnik mahorat — badiiy ijroning mustahkam poydevori. Şu bois muntazam maşğulotlar va texnik nazorat yoş ijroçilarning kasbiy şakllanişida muhim örin tutadi.